“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi haqida

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi haqida

Markaz haqida kitob albom

 “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi – aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy e’lon qilish sohasida respublikaning yetakchi davlat muassasasi hisoblanadi, shuningdek, qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yuritish orqali huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish, normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli axborot-tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazilishini ta’minlash, autsorsing shartlarida yuridik adabiyotlar va rasmiy nashrlarning rasman chop etilishini ta’minlaydi.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmoni, 2018 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli Qarori asosida Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi va ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti negizida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 741-sonli qarori bilan davlat muassasasi sifatida qayta tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5997-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markazi davlat muassasasi, “Inson va qonun” gazetasi tahririyati davlat unitar korxonasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida Vazirlik qoshida davlat muassasasi shaklidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tashkil etildi.

Markaz tarkibidagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati amaldagi xizmat ko‘rsatish sohalarini saqlab qolgan holda faoliyat yuritadi.

Vazifalarimiz:
– aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish,
– Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yuritish, shuningdek, qonun hujjatlarining Milliy bazada rasmiy nashr etilishini ta’minlash;
– normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazilishini ta’minlash;
– yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan belgilangan tartibda foydalanilishini ta’minlash;
– Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
– autsorsing shartlarida yuridik adabiyotlar va rasmiy nashrlarning rasman chop etilishini ta’minlash;
– xalqaro hamkorlik.

Markazda 8 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda.
• Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi
• Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘limi
• Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini takomillashtirish bo‘limi
• Rasmiy nashrlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘limi
• Huquqiy axborotni tarqatish va reklama bo‘limi
• Moliya-iqtisod bo‘limi
• Dasturiy va texnik ta’minot bo‘limi
• Umumiy bo‘lim

Qonun hujjatlarini qayerdan izlaymiz?
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) mamlakatimizda qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini e’lon qiladigan yagona rasmiy elektron manba hisoblnadi.

Kitoblarimizni qayerdan sotib olishingiz mumkin?
“Adolat” nashr belgisi ostida chop etilayotgan kitoblarni poytaxtimizning Bobur ko‘chasida joylashgan Markazimizga qarashli “Yuridik adabiyotlar” kitob do‘konidan, internet do‘konidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqa kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin. Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni hisobga olgan holda, markaz xodimlari yil davomida butun respublika bo‘ylab sayyor kitob savdolarini tashkil etishadi.

Maqsadimiz:
– aholining turli qatlamlari, o‘quvchi yoshlar, kichik yoshdagi kitobxonlar, imkoniyati cheklangan shaxslar, talabalar, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, davlat xizmatchilari uchun huquqiy axborot taqdim etish;
– globallashuv jarayonida yoshlarimizning turli yot g‘oya va madaniyatlar ta’siriga tushib qolishidan himoyalash, odamlarning odam savdosi, giyohvandlik va boshqa turli illatlar domiga tushib qolishining oldini olishda zarur huquqiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
– tezkor, shiddatli davr islohotlari talablari asosida yangi qabul qilinayotgan qonunlar, farmon, qarorlar va boshqa huquqiy hujjatlar mazmuni va ulardagi o‘zgarishlar bilan yurtdoshlarimizni muntazam xabardor etib borish.

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi rahbariyati tomonidan jismoniy
va yuridik shaxslar, shuningdek, ularning vakillarini qabul qilish
JADVALI

Lavozimi F.I.O. QABUL VAQTI
Direktor Tojiyev Furqat Shomurodovich

QABUL KUNI
Dushanba-juma
09:00 dan 18:00 gacha

Direktorning birinchi o‘rinbosari Fayzullayev Omonulla Asatullayevich
Direktor o‘rinbosari Sherzod Xolmurodovich Bahronov
"Inson va qonun" gazetasi tahririyati bosh muharriri Narkabilov Narkuchkar Raxmatovich
"Huquq va burch" ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati bosh muharriri Almardanov Asliddin Toshmamatovich
Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘lim boshlig‘i Xujjatov Qavomiddin Arslonxonovich
Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘lim boshlig‘i Turg‘unov Bahodir Alisherovich
Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘lim boshlig‘i Abdullayev Sherzod Komilovich
Huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘lim boshlig‘i Dilfuza Rustamovna Irgasheva
Media materiallarini tayyorlash bo‘lim boshlig‘i Alixanov Bobir Batirovich
Normativ-huquqiy xujjatlar loyixalari va huquqiy xujjatlar namunalarini tayyorlash bo‘lim boshlig‘i Axmedov Muzaffar Murodjonovich
Veb-resurslar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Djumamuratov Akmal Allayarovich
Dasturiy va texnik taʼminot bo‘lim boshlig‘i Normurodov Yusufjon Xolman o‘g‘li
Moliya-iqtisod bo‘lim boshlig‘i Yerdashev Muzaffar Xabibullayevich
Marketing, reklama va obuna bo‘lim boshlig‘i Kuldashev Faxrutdin Abdulazizovich

 

Izoh: Markazda mobil telefondan foydalanishga ruxsat berilmagan. Maʼlumot uchun tel.: 71-233-28-18. Tushlik soat 13:00 dan 14:00 gacha


Manzilimiz:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 19-uy.
Telefon: (71) 233-26-56.
Elektron pochta:  info@adolatmarkazi.uzinfo@lex.uz
E-xat: adolat_xam@exat.uz

Bizni kuzating:
Sayt: www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)
Telegram: https://t.me/lexuzofficial
Facebook: www.facebook.com/adolatmarkazi1
Instagram: https://www.instagram.com/adolatmarkazi/