Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021 yilning may oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi”ni aniqladi

Admin   04,06-2021 124

Unga ko‘ra, Markazning Veb-resurslar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Xurshid Bahromovich Xoliyorov “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

X. Xoliyorov ish faoliyatini 2019 yilda “Yosh Kuch” jurnali dizayneri lavozimidan boshlagan.

2021 yil 24 fevraldan hozirgi kunga qadar Markazning Veb-resurslar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Xurshid Bahromovich Xoliyorovni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.